Yolg‘izlik inson salomatligi uchun xavfli
Brigam Yang universiteti xodimlari yolg‘izlik va ijtimoiy jihatdan yakkalanib qolish inson uchun eng katta xavf-xatarni keltirib chiqaruvchi omillar ekanini ta’kidlamoqda. Bunday xulosaga kelishuchun ular bir necha milyon odamning ma’lumotlarini o‘rganib chiqdi. Mustaxkam ijtimoiy munosabatlar barvaqt o‘lim xavfini 50 foizga kamaytirishi aniqlandi.
Jamoadan ashralib qolish yoki yolg‘izlik barvaqt o‘lim xavfini boshqa omillarga qaraganda ko‘proq oshiradi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin: boshqa odamlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish asosiy ehtiyojlar bilan bog‘liq. Ya’ni ular ruhiy xotirjamlik va jismoniy salomatlik uchun saqlab turishda muhim axamiyatga ega.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.