Keksayganda baquvvat bo‘lish uchun oqsilga boy mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilish kerak

Makgill universiteti tadqiqotchilari 67–84 yosh oralig‘idagi 827 nafar erkak va 914 nafar ayolning ma’lumotlarini tahlil qilib chiqdi. Ishtirokchilarning yurish tezligi, chaqqonligi va qo‘l-oyoqlarining kuchiga baho berildi. Shuningdek, ulardan qancha oqsil iste’mol qilishlari to‘g‘risida so‘raldi, deb yozadi The Daily Mail nashri.

Qatnashchilar uch yil davomida nazorat qilindi. Tadqiqot davomida ularning muskul kuchlari harakatchanlikka qaraganda ancha sezilarli darajada kamaydi. Olimlar oqsil miqdori ikkala jins vakillarining ham muskul kuchlari bilan, erkaklarning chaqqonligi bilan bog‘liq ekanini aniqladi.

Mutaxassislar fikricha, ovqat bilan birga organizmga kiruvchi oqsillar muntazam zaiflashib boradigan qismlarni yangilaydi. Keksalarda zaiflashish jarayoni tez sodir bo‘ladi.

Oqsil miqdorini oshirish uchun har ovqat mahalida qo‘shimcha ravishda tuxum yoki yong‘oq moyi iste’mol qilish yetarli.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Loviyali salat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: