Bolalikdagi jarohatlar qimorga moyillikni keltirib chiqaradi

Linkoln universitetida o‘tkazilgan yangi tadqiqot yoshligida ko‘p jarohat olgan va oilada jismoniy zulmni ko‘p boshdan kechirgan bolalar qimor o‘yinlariga moyil bo‘lishini ko‘rsatdi. Olimlar 3000 dan ortiq erkakning ma’lumotlarini tekshirib chiqdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qimor o‘yinlari bilan bog‘liq muammolarga ega ishtirokchilarning chorak qismi bolaligida oilada jabr-zulmni boshdan kechirgan, 7 foizi esa og‘ir jarohat olgan. Muammolari kamroq ishtirokchilarning deyarli 23 foizi ham oiladagi zulm haqida gapirib o‘tdi, ulardan 9 foiziga esa yoshligida qattiq munosabatda bo‘lishgan.

Taqqoslash uchun: qimor o‘yini muammosiga duch kelmagan ishtirokchilarning bor yo‘g‘i 8 foizi oiladagi zo‘ravonlikka guvoh bo‘lishgan, ulardan 4 foizi jismoniy jazolarni boshdan kechirgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, bolalikdagi jarohatlar kelajakda qimor o‘yinlari bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltiradi, deb xulosa qilish mumkin.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Xosiyatsiz nihoya

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: