2050 yilga borib ko‘z xastaliklari soni uch barobarga ortishi mumkin

Lancet Global Health tibbiyot jurnalida chop etilgan maqolada 2050 yilga borib dunyoda ko‘rlar soni hozirgi 36 mln nafardan 115 mlnga yetishi haqida so‘z yuritiladi. Buning sababi qariyotgan aholi sonining o‘sishidir.

“2015 yilda dunyodagi 7,33 mlrd insondan 36 mlnining ko‘zi ojizdir… 2020 yilda ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati buzilgan kishilar soni 38,5 mlnga yetadi, 2050 yilda esa bu son 115 mlngacha o‘sadi”, deyiladi hisobotda.

Ko‘r va ko‘rish qobiliyati buzilgan kishilarning eng ko‘pi Janubiy Osiyo va Sahroi Kabirning janubida joylashgan Afrika mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.

1990 yildan 2015 yilga qadar o‘tkazilgan tadqiqotlar bugun 200 mlndan ortiq kishida ko‘rish sezgisining o‘rta va og‘ir darajada buzilishi borligini ko‘rsatdi. Bu son 2050 yilga borib 550 mlndan ortib ketadi.

Manba: sof.uz

Yana o‘qing:  Bolalar salomatligi yo‘lida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: