Olimlar serial tomoshasining ham foydasi borligini isbotladi
Hozir kundan kunga seriallar ko‘payib bormoqda. Tobora aholining ko‘p qismi turli seriallarning muxlisiga aylanyapti. Tomoshabinlar serialga andarmon bo‘lib mutolaa va boshqa mashg‘ulotlarga vaqt ajratmay qo‘ydi.
Omma orasida seriallar insonning ruhiyati uchun xavfli va uni reallikdan uzib qo‘yadi, degan qarash shakllangan. Biroq so‘nggi tadqiqotlar serialmuxlislikning ham o‘z hikmati borligini ko‘rsatdi. Serial ko‘rish insonda rahmdillik, hamdardlik tuyg‘ularini qo‘zg‘ashi aniqlandi.
Bundan tashqari, serialdagi voqea-hodisalar inson ruhiyatini oziqlantiradi, dunyoqarashini o‘stiradi va yangi axborotlar beradi. Biroq bu kinomahsulotning sifatiga bog‘liq, albatta.
Olimlar bir necha yuz nafar kishi bilan tadqiqot o‘tkazdi. Ular uch guruhga bo‘lindi. Birinchi guruh serial tomosha qildi, ikkinchisi badiiy film ko‘rdi, uchinchisi hech narsa ko‘rmadi. Tadqiqot natijasida serial tomoshasi insonda hamdardlik tuyg‘usini oshirishi aniqlandi.
Bundan tashqari, seriallar insonning hissiyotini boyitadi. Ayollar erkaklardan ko‘ra yaxshiroq natija ko‘rsatganini aytib o‘tish kerak.