“Fuqarolar qabulxonasi” faoliyatidan aholi mamnunmi?

Xalq bilan muloqot qilish va inson manfaatlarini himoyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylangan. Bu esa yurt taraqqiyotiga, xalq farovonligiga, eng asosiysi, davlat organlarining fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlarini tubdan takomillashtirishga zamin yaratadi.

Ya’ni, muloqot va manfaat tushunchasi xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak, degan tamoyilga asoslanadi.

Bugun yurtdoshlarimizni qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida mamlakatimizning har bir tuman va shaharlarida “Xalq qabulxonalari” tashkil etilgani barchaga ma’lum. Bu yangi tizim orqali jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushadigan murojaatlarni qonunga muvofiq belgilangan muddatlarda, sifatli va xolisona ko‘rib chiqish imkoniyati yaratildi. Qolaversa, ko‘tarilgan masalaning murojaat qilgan fuqaro yashaydigan yoxud yuridik shaxs joylashgan tuman yoki shaharning o‘zida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.

Aholidan kelib tushayotgan murojaatlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish maqsadida Toshkent shahar, Chilonzor tumani hokimiyati qoshida ochilgan “Fuqarolar qabulxonasi”ga bordik. Bu yerda murojaatlar yo‘nalishiga qarab qabul kunlari tartib bilan belgilangan. Har bir masala bo‘yicha javobgar hokim o‘rinbosarlari biriktirilgan. Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahim Xolmetovdan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha ma’lumotlar olishga harakat qildik:

– Bizga turli muammolar bo‘yicha aholidan arizalar kelib tushadi. Bo‘limimiz asosan ijtimoiy yordam borasidagi ariza va shikoyatlar bilan shug‘ullanadi. Hozirda ko‘plab murojaatlarni ko‘rib chiqib, amaliy yordam mablag‘lari ajratyapmiz. Masalan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Chilonzor tumani bo‘limi 2017 yil hisobidan 73 nafar fuqaroga moddiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Ular orasida 29 nafar nogiron, 6 nafar oliy o‘quv yurti talabasi, 36 nafar kam ta’minlangan oila farzandlari hamda 2 nafar tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan fuqaro bor.

– Men Toshkent temir yo‘llari muhandislik institutiga shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan edim. Shartnoma pulini to‘lashga imkoniyatim yetmagani sababli o‘zim istiqomat qiladigan mahalla fuqarolar yig‘iniga murojaat qildim. Ular arizamni qabul qilib, tuman hokimiyatidan yordam puli olib berishdi. Buning uchun ularga o‘z minnatdorligimni bildiraman, – deydi Sardor Hamdamov.

– Amakimning qaramog‘ida yashayman. Hozirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olaman. Kasaba uyushmalari stipendiyasi loyihasi ishtirokchisiga aylanib, hokimiyat tomonidan xayriya mablag‘i oldim, – deydi Zumrad Abdullayeva.

Yana o‘qing:  Shingildagi shifobaxshlik

Darhaqiqat, bunday qabulxonalarni tashkil etilishi fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish, ularning manfaatlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutmoqda. Bu esa xalqning davlat hokimiyati organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Charos XUSHVAQTOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: