Yangi tomirlarning shakllanish jarayoni ba’zi kasalliklardan himoya qilishi mumkin
Bristol universiteti mutaxassislari qon tomirlarini o‘rab turuvchi hujayralar yangi tomirlarning o‘sishini tezlashtirishini aniqladi. Bu jarayonda leptin gormoni ishga tushadi. Leptin yog‘ hujayralari vositasida ishlab chiqariladi va ishtaha ochilishi hisobiga tanadagi energetik muvozanatni boshqarib turadi.
Yangi tomirlarning o‘sishi bir vaqtning o‘zida kasallikdan so‘ng hujayralarning tiklanishida ham, patologik jarayonlar (masalan, saraton) rivojlanishida ham muhim omil sanaladi. Tekshiruvlar kislorod miqdori kam bo‘lgan sharoitda leptin gormoni 40 marta ko‘proq ishlab chiqarilishini ko‘rsatdi. Leptinning faol ishlab chiqarilishi kislorod darajasi me’yorga kelmaguncha davom etadi.
Yangi tomirlar shakllanishi hisobiga to‘qimalarning kislorod bilan to‘yinish mexanizmi ham xuddi shunday ishlaydi, deb taxmin qilinmoqda. Chunki kislorod qon bilan birga harakatda bo‘ladi. Olingan ma’lumotlardan kelib chiqib, olimlar yurak xuruji va teri kasalliklarini davolashning yangi usullarini yaratishga umid qilmoqda.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.