Tadqiqot: homiladorlik davrida noto‘g‘ri ovqatlanish bola ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

Ko‘p ayollar homiladorlik vaqtida zararli mahsulotlardan tiyila olmaydi. The Daily Mail nashri xabar berishicha, agar ayol yog‘li ovqatlarni ko‘p iste’mol qilsa, ruhiy muammoli bolalar tug‘ilishi xavfi ortadi. Yog‘li ovqat rivojlanayotgan miyaga va gormonal muhitga zarar yetkazadi, oqibatda bolada bezovtalik va depressiya yuzaga kelishi mumkin.

Oregon tibbiyot universiteti xodimlari homilador maymunlarda tajriba o‘tkazdi. Maymunlar ikki guruhga bo‘lindi. Birinchi guruh yog‘li ratsion, ikkinchisi normal ratsion asosida boqib borildi. Ular bolalaganidan so‘ng, maymunchalarning fe’l-atvori tekshirildi.

Yog‘li ratsionda boqilgan maymun bolalarida qattiq bezovtalik holati namoyon bo‘ldi. Ularning miyasidagi serotonin tizimi shakllanishi buzilgan. Shuningdek, ularni foydali ovqatlar bilan oziqlantirish ham samara bermadi. Serotonin yetishmovchiligi nafaqat ruhiyat, balki ishtaha, ovqat hazm qilish, xotira va uyqu bilan bog‘liq muammolarni ham keltirib chiqaradi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Ezgulikdan yashnagan umrlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: