Ayollar maslahat markazi onalar va bolalar salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi

Mamlakatimizda sog‘lom avlodni kamol toptirish, ona va bola salomatligini muhofaza qilish kabi ustuvor vazifalarga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 5 yanvar kuni sog‘liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan o‘tgan uchrashuvda ayollar uchun alohida tibbiy markazlar tashkil qilish kerakligi haqida aytib, xususan shunday degan edi:

“Ayollarimiz iboli, hayoli. Ba’zi masalalarda shifokorga borib dardini bemalol aytavermaydi. Shu bois xotin-qizlar uchun alohida poliklinika tashkil qilishimiz kerak. Toki ular borib o‘zini qiynayotgan masalada bemalol fikrlashsin. Chunki ertangi kunimizning davomchilarini sog‘lom dunyoga keltirish ko‘p jihatdan ayollarimiz sog‘lig‘iga bog‘liq”.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Ushbu hujjat o‘tgan qisqa vaqt ichida birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, patronaj hamshiralari sonini ko‘paytirish va ular mehnatini rag‘batlantirish tizimi rivojiga katta turtki berdi.

Shuningdek, ushbu qarorda yurtimizdagi QVPlar sonini 2 ming 985 tadan 1 ming 612 tagacha qisqartirib, 793 ta QVPlar negizida kunduzgi statsionari mavjud bo‘lgan qishloq oilaviy poliklinikalari tashkil etilish ko‘zda tutildi.

Ushbu qishloq oilaviy poliklinikalarining hududlarida aholi uchun arzon va sifatli dori vositalari hamda tibbiy buyumlar sotuvini yo‘lga qo‘yadigan “Dori-darmon” AK tizimining dorixonalari joylashtiriladi. Qisqartirilgan 441 ta QVPlar negizida yangi podstansiyalar tashkil etilib, 658 ta QVP binolari QVP va poliklinika shifokorlari uchun xizmat uy-joyi sifatida foydalanishga topshiriladi. Bu esa fertil yoshidagi va homilador ayollar, bolalar, shuningdek, o‘zgalar yordami va ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz keksalar, nogironlar, surunkali kasallikka chalingan va boshqa shaxslar o‘rtasida patronaj ishlarini muntazam olib borish imkonini beradi.

– O‘smir qizlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2016-2020 yillarda O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ToshPMI klinikasi va viloyatlardagi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida tashkil qilingan qizlar ginekologiyasi bo‘limlarida amalga oshiriladi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Onalik va bolalikni muhofaza qilish” boshqarmasi boshlig‘i Marat Sodiqov. – Bundan tashqari, fertil yoshidagi ayollar va homiladorlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish barcha viloyat perinatal markazlari negizida tashkil qilingan ayollar poliklinikalari yoki ayollar maslahatxonalarida amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunga kelib Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatidagi perenatal markazlar qoshida ayollar maslahat markazlari tashkil etildi.

Yana o‘qing:  Yosh chegarachilar musobaqasi

O‘ylaymizki, bu kabi tibbiyot muassasalari onalar va bolalar salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Charos XUSHVAQTOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: