Hujayralar yoshini aniq baholash usuli
UPI.com xabar berishicha, bu usulda hujayra va molekula omillarining yig‘indisi, shuningdek, hujayralarning yoshni ko‘rsatuvchi xususiyatlari hisobga olinadi.
Bu mavzu bo‘yicha o‘tkazilgan oldingi tadqiqotlarda organ va to‘qimalar faoliyati kabi omillarga e’tibor qaratilgandi. Olimlar teri to‘qimasi hujayralarini tahlil qilishgan. Bu hujayralar ikki yoshdan tortib 96 yoshgacha bo‘lgan shaxslarda mavjud bo‘ladi.
Yaqinda bu hujayralarning xususiyatlari algoritm-analizatori orqali tekshiruvdan o‘tkazildi. Yoshni aniqlash uchun biomolekulyar omillardan ko‘ra biofizik omillar ancha ishonchliroq deb topildi. Mutaxassislarning aytishicha, bunday tekshiruv orqali tezlashgan hujayra qarishini alomatlar paydo bo‘lishidan oldin aniqlash mumkin. Bunday holatlarda shifokor kerakli tavsiyalarni berishi kerak.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.