Akkumulyatorsiz ishlaydigan mobil telefon

Vashington universiteti mutaxassisi Vamsi Tallay boshchiligidagi tadqiqotchilar atrof-muhit energiyasi hisobidan ishlashi mumkin bo‘lgan telefon nusxasini yaratishdi.

– Uyali aloqa telefoni eng foydali vositalardan biri. Tasavvur qiling, siz hattoki telefon akkumulyatori o‘tirgan bo‘lsa ham qo‘ng‘iroq qilish va xabarlar jo‘natishingiz mumkin, – deydi tadqiqot laboratoriyasi rahbari Joshua Smit.

Olimlar energiya sarflashni kamaytirish uchun ovozni analogli uzatishdan yuborishdi. Shuningdek, qurilma qismlarini maxsus qaytadan o‘zgartirishdi. Bundan tashqari ushbu jarayonda nur taratuvchidan ham foydalanildi. U radioto‘lqinlardan vaqti-vaqti bilan faollashadi. Buning evaziga uyali aloqa minoralari gadjet uchun o‘ziga xos energiya manbasi bo‘lishi mumkin.

Nusxa hozircha bir necha tugmacha va nur diodli indikator bilan jihozlangan. Yaqin orada mahsulotga E-ink-displeyi o‘rnatiladi.

G. EGAMBERDIYEVA

Yana o‘qing:  Hamyurtimiz – jahon chempioni

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: