Abituriyentlar Oliy ta’lim muassasalarimizga rekord darajada hujjat topshirdi
Oliy ta’lim vazirligidan prognoz qilinganiday bu raqam 720 mingdan oshdi va 729 ming 947 kishini tashkil qildi. Respublika bo‘ylab tanlov o‘rtacha bir o‘ringa 10,96 kishini tashkil qiladi. Bu yilgi kvota ham oshirilgan. Agar o‘tgan yili kvota 57 907 o‘rinni tashkil qilgan bo‘lsa, bu yil 66 316 kishini tashkil qildi, shundan – 18194 davlat grantlari, 48122 esa to‘lov-shartnoma asosida. Oshirilgan stavka bo‘yicha ham abituriyentlarni qabul qilish ko‘zda tutilgan.
O‘tgan yili O‘zbekiston oliy ta’lim dargohlariga 663,2 mingta abituriyent hujjat topshirgan (2015 yilda 605,8 mingta). Shu tarzda bir o‘rin uchun 11 nafar abituriyent kurash olib borgan.
Kirish imtihonlari 1 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasida 77 oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, shundan 70 davlat va 7 tasi xorijiydir.