Sitrus mevalar aqli zaiflikdan saqlaydi
Har kuni apelsin, greypfrut yoki limon iste’mol qilish aqli zaiflik xavfini kamaytiradi, deb yozadi The Daily Mail nashri. Toxoku universiteti xodimlarining fikricha, sitrus mevalar miya sklerozi yoki aqli zaiflikka olib keladigan miya shikastlanishidan saqlaydi.
Sitrus mevalar kislotasida xotira bilan bog‘liq muammolarni kamaytirish xususiyatiga ega nobiletin birikmasi mavjud.
Olimlar o‘rta va keksa yoshdagi 13000 kishini tekshiruvdan o‘tkazdi. Kuzatuv bir necha yil davom etdi. Sitrus mevalarni har kuni iste’mol qiluvchilar aqli zaiflikka boshqalardan ko‘ra 23 foiz kamroq yo‘liqishi aniqlandi.
Nobiletin birikmasi sitrus mevalarning po‘stida yig‘iladi. Oldingi izlanishlar uning yallig‘lanish va saratonga qarshi xususiyatlari borligini ham ko‘rsatgandi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.