Nevrologlar miya uchun foydali mahsulotlar ro‘yxatini tuzib chiqdi
Express.co.uk xabar berishicha, mutaxassislar zaytun yog‘idan ko‘proq foydalanishni maslahat beradi. U miya sklerozi (alsgeymer) ni shakllantirishga xizmat qiladigan beta-amiloid ajralmalari va neyrofibrillar tugunchalari miqdorini kamaytiradi. Shuningdek, bu kasallik insulin (qorin osti bezida ishlab chiqariladigan va qonda qand moddasining ko‘payishiga to‘sqinlik qiladigan gormon) bilan ham bog‘liq. Qonda shakar miqdorining yuqori bo‘lishi miyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun shirinlik o‘rniga, darmondoriga boy mahsulotlarni iste’mol qilgan ma’qul.
Xususan, grechka tarkibida miya uchun zarur V vitamini, marganets, fosfor, rux moddalari mavjud. Ular bezovtalik va bosh og‘rig‘iga qarshi kurashda ham yordam beradi. Bundan tashqari, tuxumda oqsil, xolin, omega-3 yog‘ kislotasi bor.
Bodom yog‘i – oqsilning koni. Shu bilan birga, u bilish ko‘rsatkishlari pasayishidan himoya qiluvchi va neyronlar faoliyatini oshiruvchi L-karnitin va riboflavin moddasiga ega.
To‘q rangli shokolad yallig‘lanishni yo‘qotadi, qon bosimini pasaytiradi, miyadagi qon oqimini yaxshilaydi va kayfiyatni ko‘taradi.
Lavlagi azot kislotasi tuzlari hisobiga tomirni kengaytiradi. Bu qon aylanishini, miyaga kislorod va oziq moddalarining yaxshiroq yetib kelishini ta’minlaydi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.