Depressiyani dori vositalarisiz ham davolash mumkin
Magniyga boy mahsulotlar depressiya (og‘ir ruhiy kayfiyat) ni ikki hafta ichida bartaraf qilishi mumkin. Dori vositalaridan farqli ravishda, har kuni magniy iste’mol qilish uyqusizlik, ko‘ngil aynishi, vazn ortishi kabi holatlarni yuzaga keltirmaydi, deb yozadi The Daily Mail nashri. Yaqinda Vermont universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotda magniyning xususiyatlari tekshirib ko‘rildi.
Magniy yallig‘lanish darajasini kamaytirish hisobiga depressiyani yengadi. Yallig‘lanish depressiya bilan bevosita bog‘liqligi ma’lum. Tadqiqotda o‘rtacha yoshi 52 yoshni tashkil qiluvchi 126 nafar depressiyadan aziyat chekuvchi odam qatnashdi. Ayrim ishtirokchilarga olti hafta mobaynida har kuni 248 milligrammdan magniy berib borildi. Qolganlar esa hech qanday muloaja olmadi. Tekshiruvdan so‘ng, magniy atigi ikki hafta mobaynida depressiya belgilari va bezovtalikni yo‘qotishi tasdiqlandi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.