Ma’lumotni yodda saqlash ham, unutish ham birdek muhim

Ko‘pchilik xotira pastligini muammo sifatida qabul qiladi. Lekin unutishning ham o‘ziga yarasha yaxshi jihatlari bor. Toronto universiteti taqiqotchilari ta’kidlashicha, xotiraning asosiy vazifasi hamma narsani emas, balki zarur ma’lumotlarni saqlab qolishdan iborat. Shuning uchun ba’zi narsalarni esdan chiqarish kerak bo‘ladi, deb xabar beradi The Daily Mail nashri.

Mutaxassislar yodda saqlash haqidagi adabiyotlarni o‘rgandi va unutish sohasida o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqot natijalarini tahlil qildi. Tekshiruvlar mobaynida unutish ham, yodda saqlash ham birdek muhim ekanligi ma’lum bo‘ldi. Tadqiqotchilar unutishning o‘ziga hos mexanizmlari mavjudligini aniqladi. Ulardan biri – naychali hujayralardan yangi neyronlarning shakllanishi. Xotira markazida paydo bo‘ladigan yangi nerv hujayralari yangi bog‘lanishlarni yuzaga keltiradi va mavjud xotiralarni qayta yozadi. Oqibatda, ularni esga olish qiyinlashadi.

Olimlar yodda saqlash va unutishning o‘zaro ta’siri tufayli mulohazali qarorlar chiqaramiz deb hisoblaydi. Birinchidan, ortiq ahamiyatga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni esdan chiqarish orqali yangi sharoitga oson moslashamiz. Ikkinchidan, unutish bizga oldingi va yangi voqealarni umumlashtirish imkonini beradi.

Tadqiqotchilar atrofdagi muhit katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidlaydi. O‘zgaruvchan muhitda ma’lumotlarni yaxshi eslab qolish qiyin. Masalan, har kuni yuzlab odamlarni uchratadigan kassachi, ularning ismlarini tezda yoddan chiqaradi. Mijozlar bilan muntazam ravishda ko‘rishib turadigan dizaynerning xotirasida esa bu ma’lumot uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Yaxna mahsulotlar iste’mol qilinganda nega bosh og‘riq paydo bo‘ladi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: