Yosh o‘tishi bilan inson salomatligiga do‘stlar ko‘proq ta’sir qila boshlaydi
Michigan universiteti olimlari bergan ma’lumotga ko‘ra, mustahkam do‘stlik insonlarni keksaygan paytda yolg‘izlik va surunkali kasalliklardan qutqaradi. Bundan tashqari, do‘stlik jufti va yaqin qarindoshlari yo‘q odamlar uchun asosiy tayanch manbai hisoblanadi.
Mutaxassislar ikkita tadqiqot o‘tkazdi. Dastlab 271053 nafar turli yoshdagi 100 ta mamlakat vakillarining sog‘lik holati va baxtiyorlik darajasi haqidagi ma’lumotlar tahlil qilindi. Oila ham, do‘stlar ham mustahkam sog‘lik va baxtiyorlik darajasining yuqoriligi bilan bog‘liq ekani ma’lum bo‘ldi. Lekin bu jihatlar yosh ulg‘aygan sari ko‘proq do‘stlarga bog‘liq bo‘lib boradi.
Ikkinchi tadqiqotda mutaxassislar AQSHlik 7481 nafar keksani so‘rovdan o‘tkazdi. Shundan so‘ng, do‘stlar davrasida bo‘lishni xush ko‘rmaydiganlar surunkali kasalliklarga ko‘p yo‘liqishi, do‘stlarni suyanch manbai deb biluvchilar esa hayotdan mamnun yashashi aniqlandi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.