Asal tomir yo‘llarini tozalaydi va aterosklerozdan saqlaydi

Asal tarkibidagi tabiiy shakar (tregaloza) yurak xurujining oldini olishi mumkin, deb xabar beradi The Daily Mail nashri. Bu shakar TFEB oqsilini faollashtiradi, natijada immunitetli hujayralar arteriya tomiridagi quyuq ajralmalarni tozalashga kirishadi. Sichqonlarda sinovdan o‘tkazilgan tajribalar tregaloza tomirlardagi zararli ajralmalar hajmini taxminan 30 foizga qisqartirganini ko‘rsatdi. Natijada ateroskleroz (yurak va qon tomirlari sklerozi) xavfi ancha kamaydi.

Ateroskleroz tufayli arteriyaning cho‘ziluvchanlik xususiyati yo‘qoladi, qon bosimi ko‘tariladi va jiddiy yurak kasaliklari kelib chiqadi. Odatda ateroskleroz vaqtida immunitetli hujayralar tomirlardagi quyqalarni tozalay olmaydi.

O‘z navbatida, tregaloz immunitetli hujayralar faoliyatini kuchaytirishdan tashqari ularning yangilanishiga ham yordam beradi. Eslatib o‘tish kerakki, tajriba doirasida faqat tregaloz ukolining foydasi isbotlandi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Soch nega to‘kiladi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: