Stomatolog qabulida qo‘rquvni qanday yengish mumkin?
Ko‘pchilik stomatolog huzuriga borish tugul, hatto bu haqida o‘ylashdan ham qo‘rqadi. Mutaxassislar esa bu qo‘rquvni juda oddiy usulda yengish mumkinligini ta’kidlamoqda.
Buning uchun bemor o‘zini plyajda yurgandek tasavvur qilishi kerak. O‘tkazilgan tadqiqotda ishtirokchilar ikki guruhga bo‘lindi. Birinchi guruh virtual reallik garnituridan foydalandi. Birinchi guruh qatnashchilaridan ba’zilari virtual plyaj bo‘ylab, qolganlari esa shahar bo‘ylab yurishdi.
Plyajda sayr qilgan ishtirokchilarda davolanishdan bir hafta o‘tib vahima va og‘riq darajasi ikkinchi guruhga nisbatan anchagina pasaygan. Bundan tashqari ularda muolaja haqida ijobiy taassurotlar qolgan. Shahar bo‘ylab qilingan virtual sayohat esa u qadar samara bermadi. Endilikda olimlar bu usulning boshqa davolash tadbirlarida ham foydasi bor-yo‘g‘ligini aniqlashga harakat qilyapti.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.