Barmoqlarni qisirlatish zararlimi?

Ayrim insonlarning ko‘pchilikka yoqmaydigan – barmoqlarini qisirlatish odati bor. Bunda xosil bo‘ladigan tovush yon atrofdagilarga yoqmasligi mumkin. Barmoqlar nima xisobiga qisirlaydi? Umuman barmoqlarni qisirlatish zararlimi?

Bo‘g‘imlarnig asosiy vazifasi – bu ikki va undan ortik suyaklarning xarakatchanligini ta’minlashdan iborat. Bo‘g‘imlar soxasida suyaklar tog‘ay bilan qoplangan. Bo‘g‘im esa sinovial suyuqlik bilan to‘lgan maxsus kapsula bilan qoplangan. Bu yerdda suyuqlik bo‘g‘im yuzalarining ishqalanishini kamaytirish va erkin xarakatlanish uchun yordam beradi.

Agar odam keskin xarakat qiladigan bo‘lsa, suyuqlik tutuvchi kapsula bo‘shlig‘i kengayib, undagi bosim tushadi. Bu bo‘g‘im suyuqligi tarkibida erigan kislorod, azot va karbonat angidridni qaynashi va yoriluvchi pufakchalarni xosil bo‘lishiga olib keladi. Shu ovozlar qo‘shilib qisirlagan ovoz eshitiladi.

Barmoqlarini qisirlatishga o‘rgangan odamlar shu orqali ruxiy zo‘riqishdan qutulib, fikrlarini jamlashga xarakat qilishadi. Shuningdek biror joyda uzoq o‘tirib ishlaydigan odamlar kerishish, barmoq va yelkalari bo‘g‘imlarini qisirlatish orqali yengillik tortishi mumkin.

Ammo vrachlar ogoxlantirishicha bo‘g‘imlarni doimiy cho‘zilishi, ulardagi nerv oxirlarining qisilishiga, bo‘g‘imlarni chiqishiga sabab bo‘lishi xam mumkin. Shuning uchun qo‘llarni oddiy massaj qilish va yengil jismoniy mashqlar qo‘llash tavsiya etiladi.

Umurtqalarga kelsak, ularning kisirlashi periferik bo‘g‘imlar singari unchalik xavfsiz emas. Umurtqalardagi qisirlashning sababi ularga muskul va boylamlarining qarshiligidan yuqori kuch ta’sir etganligi xisoblanadi. Umurtqalarning qisirlashi muskullari bo‘shashgan xolatdagi sog‘lom odamlarda xam kuzatilishi mumkin. Umurtqalarning qisirlashining odatiy tusga kirishi ularning o‘z faoliyatini bajara olmayotganidan va doimiy zo‘riqishda ekanligidan dalolat beradi. Bunday xollarda maxsus gimnastikalar tavsiya etiladi. Agar siz doimiy ravishda basseyn va xovuzlarda cho‘milishni kanda qilmasangiz bo‘g‘imlaringiz sizdan o‘ta minnatdor bo‘lib, uzoq vaqt xizmat qilishi ta’minlanadi.

Manba: sof.uz

Yana o‘qing:  OZODALIK SOG‘LIQNI ASRAYDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: