Ulug‘ shoirga ehtirom

Kuni kecha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan taniqli shoir va yozuvchi G‘afur G‘ulom tavalludining 110 yilligi munosabati bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoi­ri A. ­Oripov yozuvchining ijod yo‘li, barhayot asarlari, qalbimizdan joy olgan «Sen yetim emassan», «Sog‘inch» kabi mashhur she’rlari, «Shum bola», «Yodgor» kabi o‘lmas va ta’sirchan asarlarining mohiyati va tarbiyaviy ahamiyati, shuningdek, adabiyotimizga qo‘shgan ulkan hissasi, iliq xotirlari haqida so‘zladi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston xalq shoirlari E. Vohidov, S.Sayid, bolalar yozuvchisi X.To‘xtaboyev, S. Hakimlar ulug‘ ijodkorning o‘lmas asarlari, xotiralari haqida so‘zlab, uning insoniylikka yo‘g‘rilgan xislatlarini yodga olishdi.

Shuningdek, G‘afur G‘ulom bilan hamnafas ijod qilgan va boshqa ijodkorlar shoirning she’rlari va o‘z ijod namunalaridan o‘qib berdilar.

Maryam AHMEDOVA

Yana o‘qing:  O‘zbekiston 2022 yilga kelib turistik xizmatlar eksportini 2,722 milliard dollarga yetkazmoqchi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: