Nega og‘izni to‘smasdan aksirish mumkin emas?

Odam aksirganida yoki yo‘talganida tashqariga chiqqan bakteriya havoda 45 daqiqa faol holatda bo‘ladi. Bundan tashqari ular 4 metrgacha uzoqlikka tarqalishi mumkin, shuning uchun aksa urganda yoki yo‘talgan paytda doim og‘izni yopish kerak. Olimlar bakteriyalarning hayratlanarli darajadagi yashash qobiliyatini chidamli Pseudomonas aeruginosa nomli bakteriyada tekshirib ko‘rdi.

Bakteriya organizmdan tashqariga chiqqanidan so‘ng ham ancha paytgacha yuqish xususiyatini yo‘qotmaydi. Boshqalaridan farqli ravishda Pseudomonas aeruginosa bakteriyasi o‘zining xususiyatlarini saqlab qoladi va uzoq vaqtgacha biologik parchalanishga uchramaydi. Immuniteti past odamlar ayniqsa, undan ehtiyot bo‘lishlari kerak. Pnevmoniya (zotiljam), meningit (bosh va orqa miya pardasining yallig‘lanishi), bezgak, nafas olishning qiyinlashishi, charchoq kabi holatlar ushbu bakteriya yuqishining alomatlari bo‘lishi mumkin.

Bakteriya to‘plangan tomchi havoga chiqqan zahoti (misol uchun, yo‘talgan paytda) tez qurib, soviydi va o‘ta yengil holatga keladi (bu havoda uzoq vaqt qolish imkonini beradi). Umuman olganda Pseudomonas aeruginosa bakteriyasi havoda 10 daqiqadan ortiq yarim parchalanish davriga ega. Agar xonada birorta bemor bo‘lsa, u yerda uzoq vaqt qolmaslik tavsiya etiladi. Shuning uchun shifokorlar aksirish yoki yo‘talish paytida og‘iz-burunni berkitishni maslahat beradi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Bolalarda bo‘y o‘sishining sekinlashishi kalsiy yetishmasligidanmi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: