MTM tarbiyachisi yosh avlodning kelajagi uchun mas’uldir

Inson o‘z tabiatiga ko‘ra komillikka intilib, o‘zi uchun ma’lum bo‘lmagan bilimlarni o‘rganib yashaydi. Chunki har bir orttirilgan bilim uni kamoloti uchun xizmat qiladi. Har bir bolaning ichki dunyosi, unga ato etilgan fazilat va xislatlarni oxirigacha anglash, tushunishning o‘zi o‘ta murakkab bir masala. Bunday vaziyatda tarbiyachi uning ko‘ngliga yo‘l topa bilishga va unga ko‘mak berishga yordamga keladi. Maktabgacha ta’lim muassasasidagi har bir tarbiyalanuvchi “o‘ziga xos dunyo” hisoblanadi. Bu maskandagi tarbiyachi esa ushbu “o‘ziga xos dunyo”ni kamolotga yerishishi uchun xizmat qilishdan iborat.

Tarbiyachi, ayni paytda, tarbiyachi sifatida ta’lim va tarbiya sohasiga texnologik yondashuvni, ya’ni zamonaviy pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos prinsiplari, metod va usullarini puxta egallashi, pedagogik amaliyotga tatbiq etishi hamda uning takomillashuviga o‘z hissasini qo‘shishi lozim.

Bugun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o‘quv-metodika Markazida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2017” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad maktabgacha ta’lim muassasalaridan ilg‘or, ijodkor, tashabusskor tarbiyachilarni aniqlash, ularning ijodiy faolligini oshirish, yosh avlodni barkamol shaxs etib tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan, ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanib, samarali natijalarga erishayotgan tarbiyachilarning ish tajribalarini ommalashtirish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iborat.

Joriy yildan ilk marotaba tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilarga tegishli oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish yo‘llanmasi berildi.

Ko‘rik-tanlov 4 bosqichda o‘tkazilib, Qorakalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar bo‘yicha g‘olib bo‘lgan 14 nafar maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachilari Respublika bosqichida ishtirok etishdi.

Tanlovda ishtirok etgan tarbiyachilarning bilim va iste’dodi 3 ta shart bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi. Test sinovi, o‘z mutaxassisliklariga oid savol-javob va ochiq mashg‘ulot olib borish kabi shartlar hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

tarbiyachi33

Yakuniy natijalarga ko‘ra Navoiy viloyati Karmana tumani 6-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Nodira Ochilova “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2017” ko‘rik-tanlovi g‘olibiga aylandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani 3-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Genjegul Toremuratova 2-o‘ringa, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Maftuna Boboyeva 3-o‘ringa loyiq deb topildi.

Yana o‘qing:  MUZLATILGAN SUV

Tanlov g‘olib va ishtirokchilari Xalq ta’limi vazirligining diplom va esdalik sovg‘alari hamda Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Tarbiya – ma’naviyatli va komil insonning asosiy belgisi hamda barcha fazilatlarning asosiy mezoni hisoblanadi. Yoshlarimizning kuchli bilim egallashlari bilan birga yuksak tarbiya olishlari bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarimizning tub zaminidir. XXI asr texnika taraqqiyoti jarayonida barcha zamonlarda yuksak ahamiyat kasb etgani kabi shaxs ma’naviyatini yuksaltirish, axloq-odob masalasi hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining o‘rni beqiyos ahamiyatga ega.

Navro‘z NORBOBOYEV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: