Asalli tort

Zarur mahsulotlar: 4 dona tuxum, 3 osh qoshiq asal, 300 gr. shakar, 200 gr. sariyog‘, 500 gr. un, 100 ml. sut, 100 gr. qora shokolad, jelatin, kraxmal, vanilin kerak bo‘ladi.

Tayyorlanishi: dastlab tovaga asal, shakar solib, aralashtiriladi. Shakar erigunga qadar alohida idishda tuxum yaxshilab iylanadi. So‘ng asalli qorishmaga un, kraxmal, iste’mol sodasi, vanilin, tuxum, sariyog‘ solib, yumshoq xamir qoriladi. So‘ngra 4 ta zuvalaga ajratiladi. Tingan zuvalalarni gaz patnisiga moslab, to‘rtburchak qilib yoyiladi va qizigan gaz pechida 170 daraja haroratda 5 daqiqa davomida pishirib olinadi.

Alohida idishga un, shakar, sut solib, past olovda krem tayyorlab olinadi. Krem sovugach, sariyog‘ solib mikserda aralashtiriladi.

Patnisiga pishgan xamirni ustma-ust qo‘yib, har birining orasiga krem, jelatin surtiladi. Eng ustiga eritilgan shokolad bir tekisda surtib chiqiladi.

BEGOYIM

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: