“Bunyodkor”dan yangi rekord

Osiyo chempionlar ligasi guruh bahslarining so‘nggi bosqichida Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi Janubiy Koreyaning «Poxang Stilerz» klubi bilan kuch sinashdi. Anchagina qiziqarli kechgan mazkur uchrashuvda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashdi. Mehmonda to‘p surgan «Bunyodkor» 1:1 hisobida durang qayd etdi. Birinchi bo‘limda har ikki jamoa ham qulay vaziyatlarga ega bo‘lishiga qaramay, darvozalarni ishg‘ol qila olmadi.

Ikkinchi bo‘limda Mirjalol Qosimov tarkibda amalga oshirgan o‘zgarishlar o‘z samarasini berdi. Alibobo Rahmatullayev maydonga tushishi bilan hujumga faol qo‘shildi hamda bu holat tezda o‘z samarasini berdi. Dilshod Jo‘rayevning zarbasini darvozabon qaytardi, ammo qaytgan to‘pga yetib kelgan ukrainalik hujumchi Oleksandr Pishchur darvozani qiyinchiliksiz ishg‘ol qila oldi.

Ammo, o‘yinning oxirgi daqiqalarida «Bunyodkor» o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubordi va g‘alabani ushlab qola olmadi. Gol muallifi — Park Xo Syong.

Ushbu durangdan so‘ng «Bunyodkor» guruh peshqadamligini qo‘lga kiritdi hamda keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Guruhning ikkinchi juftligida esa «Sanfrechche Xirosima» o‘z maydonida «Beyjing Guan» bilan durang qayd etdi.

«Qaldirg‘ochlar» ushbu mavsumni ham qo‘shib hisoblaganda Osiyo chempionlar ligasida ketma-ket oltinchi marotaba ishtirok etishmoqda. E’tiborlisi, toshkentliklar har safar guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritib kelishadi. O‘tgan yili «Bunyodkor» guruh uchrashuvlarini ketma-ket besh mavsum muvaffaqiyatli yakunlab, pley-offga yo‘llanma olgan turnirdagi yagona jamoa bo‘lgandi. Bu borada Mirjalol Qosimov shogirdlari «Poxang Stilerz» bilan mehmonda 1:1 hisobida durang o‘ynab, o‘z rekordlarini yangilashdi.

Shuningdek, «qaldirg‘ochlar» ilk bora turnirning guruh uchrashuvlarida mag‘lubiyat nimaligini bilishmadi. Bu ham klub tarixida o‘ziga xos rekord hisoblanadi.

Yana o‘qing:  Voyaga yetmagan yoshlarning oila qurishi – kelajak zavoli

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: