Yurtimizning barcha tuman va shaharlarida “Yoshlar uylari” quriladi

O‘zbekistonning barcha tuman va shaharlarda, jumladan, chekka hududlarda “Yoshlar uylari”ni qurish bo‘yicha to‘rt yillik aniq reja ishlab chiqiladi va 2018 yildan uni bajarishga start beriladi. Shavkat Mirziyoev «Kamolot» qurultoyida shunday bayonot berdi.

«O‘zbekiston yoshlar ittifoqining obro‘si va ta’sirini oshirish uchun mamlakatimizda yoshlar manfaatini ta’minlashga qaratilgan ishlarda uning ishtirokini har tomonlama kengaytirish zarur.

Yoshlar, yosh oilalar uchun shaxsiy uy-joyga ega bo‘lish naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini hisobga olgan holda, biz bu yo‘nalishda boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirishimiz kerak.

Barcha tuman va shaharlarda, jumladan, chekka hududlarda “Yoshlar uylari”ni qurish bo‘yicha to‘rt yillik aniq reja ishlab chiqish va 2018 yildan uni bajarishni boshlash lozim.

Bu borada aholi zich yashaydigan Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, xususan, sharoiti og‘ir bo‘lgan Markaziy Farg‘ona mintaqasida yosh oilalarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish kerak.

Umuman, qishloq hududlarida yashayotgan, turar joyga muhtoj yosh oilalarni imtiyozli kreditlar asosida arzon uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha vakolatni endi O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga berish masalasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim», — dedi Prezident.

Yana o‘qing:  Inson va salomatlik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: