Pedagoglar parlament faoliyati bilan tanishtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahridagi xalq ta’limi muassasalari xodimlarini mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, parlament faoliyati, sud-huquq tizimidagi yangiliklar bilan tanishtirishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Rahmonov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatimizni modernizatsiya qilishda parlament hamda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida bu boradagi ishlarni tizimli ravishda amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan. Xususan, davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini kengaytirish, qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Parlament quyi palatasining doimiy asosda faoliyat yuritishi qonunlarning sifati oshishiga xizmat qilmoqda.

Davra suhbatida yoshlarga ta’lim berish jarayonini yanada takomillashtirish, ularda huquqiy fanlarni chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirish masalalari muhokama etildi.

Nurillo Nasriyev,

O‘zA

Yana o‘qing:  Navoiy viloyatida gepatologiya markazi ochildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: