Har bir bola alohida e’tiborda

– deydi poytaxtdagi 272-sonli maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Irina Grosheva.

Toshkent shahri, Hamza tumaniga qarashli 272-sonli maxsus maktabgacha ta’lim muassasasida yaqinda tuman defektologlari uchun uslubiy birlashma tomonidan «Maktabgacha ta’lim muassalarida sog‘liqni saqlash texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o‘quv-metodika markazi metodisti L. Yestafyeva, poytaxt tumanlari, Toshkent viloyatidan kelgan metodist-mutaxassislar, shuningdek, Hamza tumani Xalq ta’limi mutaxassislar faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi maktabgacha bo‘lim metodisti D. Muxtorova hamda shu tashkilotga qarashli Tashxis markazi defektolog–metodisti O.Mahmudovalar ishtirok etishdi.

Ushbu maxsus muassasaning 4-«Yulduzcha» nomli guruhi tarbiyalanuvchilari bilan «Salomatlik mamlakatiga sayohat»mavzusida nutq o‘stirish mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ushbu maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi 1964 yilda qurilib, foydalanishiga topshirilgan. Bu ta’lim maskaniga tajribali, tashabbuskor va o‘z sohasining yetuk mutaxassisi pedagog Irina Grosheva 18 yildan beri mudiralik qilib kelmoqda. 2001 yilda muassasa ruhiy rivojlanishi sust bo‘lgan bolalar uchun maxsus qayta moslashtirildi. Tarbiyalanuvilarning ruhiy rivojlanishini yuksaltirish maqsadida tarbiyachilar, defektolog-mutaxassislar ularda diqqat-e’tiborni, xotirani mustahkamlash, tafakkur, tasavvur, idrokni to‘liq shakllantirish orqali nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun maxsus korreksion mashg‘ulotlar olib borishadi. Ayni vaqtda bu yerda 6 ta guruh faoliyat yuritmoqda. Har bir guruhda defektolog-mutaxassislar tarbiyalanuvchilar bilan alohida yigirma daqiqadan so‘zlashuv mashqlarini o‘tkazishadi. Shuning­dek, ota-onalar bilan hamkorlik ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Shu sababli yilda ular bilan ikki marotaba suhbat hamda «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkaziladi. Tarbiyalanuvchilarga maxsus mashg‘ulotlar o‘tish uchun muassasa zamonaviy o‘quv-uslubiy jihozlar bilan ta’minlangan. Ruhiy rivojlanishi sust bolalarning nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun albatta bola bilan defektolog-mutaxassis mashg‘ulotlar o‘tishi shart va zarur. Shu sababli ularni maxsus maktabgacha ta’lim muassasiga joylashtirish uchun quyidagi hujjatlarni tayyorlash darkor: ya’ni, oilaviy poliklinika shifokorlari tomonidan bolaning ruhiy va jismoniy rivojlanishi xususidagi tibbiy xulosa natijalari hamda tuman tibbiy-psixologik komissiyasining maxsus pedagoglarining xulosasi asosida bola maxsus maktabgacha ta’limi muassasiga qabul qilinadi.

Aziz ota-onalar!

Har bir bola bir olam. Ularni ruhan va jismonan barkamol o‘sib voyaga yetishi uchun barchamiz mas’ulmiz. Ayniqsa, bu borada sizlar farzandlaringizning sog‘lig‘iga va ruhiy rivojlanishiga hamda nutqining ravon bo‘lishiga e’tiborli bo‘lishingizni istardik. Zero, sog‘lom avlod – kelajak bunyodkorlari ekanligini unutmaylik!

Yana o‘qing:  O‘quvchiga eng yaxshi tuhfa

Cho‘lponoy MELIQO‘ZIYEVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: