Antiqa uslub: qulfbuzar va yolg‘onchilar “sichqon” ishlatishiga qarab fosh etiladi

Italiyalik kompyuter mutaxassislari o‘zini boshqa kishidek tutayotgan shaxsni kompyuter “sichqon”ini harakatlantirishiga qarab aniqlash algoritmini ishlab chiqdi. Olimlar bu yangilik foydalanuvchilarning ma’lumotlarini himoyalash va o‘zi haqda yolg‘on axborot berayotganlarni topishda ko‘maklashishini aytmoqda.

Algoritmning yolg‘onni fosh etuvchi boshqa usullardan farqi shundaki, uni masofadan turib ishlatsa bo‘ladi. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli odamlarni o‘rganish mumkin.

Algoritmning ishini tekshirish jarayonida 20 nafar ko‘ngillidan yolg‘ondakam tarjimai holni xuddi o‘ziniki kabi eslab qolish so‘raldi. Shundan so‘ng ularga yopiq savolli (“ha” va “yo‘q” javoblaridan tarkib topgan) anketa berildi. Javob berish jarayonida ularning “sichqon” ishlatish harakatini kuzatishga muvaffaq bo‘lindi.

“Sizning ismingiz Juliyami?” yoki “Siz 1995 yilda tug‘ilganmisiz?” singari oddiy savollar qatoriga ba’zi kutilmagan savolllar ham qo‘shildi. Masalan, burji, to‘qima shaxs asli qayerda tug‘ilganligi va hokazo. Yolg‘ondakam anketa to‘ldirayotgan shaxs tug‘ilgan sanasini eslab qolishi mumkin, ammo burji haqidagi savolga rostakamiga anketa to‘ldirayotgan inson kabi tezkorlik bilan javob berolmaydi.

Tadqiqot mualliflari yolg‘onchilarni fosh qilish uchun dasturni amalda qo‘llab ko‘rdi va 77,5-85 foiz aniqlikda natija oldi. Algoritmga “sichqon” harakati ma’lumotlarini qo‘shib, aniqlik 90-95 foizga oshirildi.

Mualliflar ushbu algoritm shaxsni xorijda tekshirish mobaynida yoki internetda shaxsiy ma’lumotlarini to‘ldirishida asqotishini ta’kidlayapti. Yolg‘ondakam shaxsga tegishli ko‘plab “kutilmagan” savollarga oldindan tayyorgarlik ko‘rish mumkinligini mutaxassislar inkor etmaydi. Ammo bunday savollar cheksizligidan umid qilinmoqda.

Manba: sof.uz

Yana o‘qing:  Chempionat yuqori saviyada o‘tdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: