To‘yib uxlamaslik miyaga qanday zarar keltirishi aniqlandi
Olimlar laboratoriya sichqonlari ustida tadqiqot o‘tkazdi. Sichqonlar uch guruhga bo‘lindi. Birinchi guruhdagi sichqonlar istaganicha uxladi. Ikkinchi guruh 8 soatdan kamroq uxladi. Uchinchi guruh kemiruvchilariga 5 sutka uyqu berilmadi.
Tajriba davomida kam uxlagan sichqonlarning astrotsitlari (kuchsiz neyron aloqalarini uzadigan tozalovchi hujayralar) faolligi kuzatilgan.
Shunday qilib, birinchi guruhdagi uyquchi sichqonlarda astrotsitlarning faolligi 6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ikkinchi guruhda bu ko‘rsatkich 8 foizga teng bo‘lgan. Uchinchi guruhda esa 13,5 foizlik natija kuzatilgan.
Xulosa shuki, miya charchasa, astrotsitlar faollashadi va neyron aloqalar uzila boshlaydi. Bundan xotira va fikrlash maromi buziladi.
Bu yangilik Alsgeymer kasalligining rivojlanishi sabablarini aniqlashda qo‘l kelishi mumkin.
Manba: sof.uz