Toshkentda ilk marta ShHT modeli asosida talabalar anjumani o‘tkazildi
Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 27 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ilk bor “ShHT modeli” talabalar anjumani o‘tkazildi.
Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Tojikiston kabi ShHTga a’zo davlatlarning O‘zbekistondagi elchilari ishtirokidagi konferensiyada poytaxtdagi oliy ta’lim muassasalarining 50 dan ziyod ilg‘or yoshlari “ShHT davlat rahbarlari kengashining 18 delegatsiyasi” sifatida yalpi muhokamalar, davra suhbati, ilmiy maqolalar tanlovida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.