Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida yangi jamg‘arma tashkil etiladi

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Jamoat ishlari jamg‘armasi tashkil etiladi. Yangi jamg‘armani tashkil etish 23 may kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan, deb xabar qildi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati.

Jamg‘armaning asosiy vazifasi vaqtinchalik band bo‘lmagan aholining yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, yo‘l va uy-joy kommunal infratuzilmasi ob’yektlarini qurishda, ta’mirlash va rekonstruksiya qilishda, shahar va tumanlarni obodonlashtirishda, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida ishtirok etishini moliyalashtirishdan iborat.

Mazkur Jamg‘arma rivojlangan mamlakatlarning tajribalaridan kelib chiqib tashkil etiladi. Buning natijasida mehnat bozorini izchil va barqaror rivojlantirish, aholi bandligi darajasini oshirish va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni moliyaviy ta’minlanishini kuchaytirish, mehnat organlariga murojaat qilgan ishsizlarni ishga joylashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda ular tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining sifatini oshirishga erishiladi. Shuningdek, bevosita jamg‘arma faoliyati natijasida jamoat ishlarida ishtirok etadigan fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish, aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishi orqali ular daromadlarini oshirish, yirik investitsiya loyihalari, yo‘l va uy-joy kommunal infratuzilmasi ob’yektlari, shahar va tumanlarni obodonlashtirish, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Yana o‘qing:  BOLAJONLARNING QUVONCHLI LAHZALARI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: