Tezkorlik bilan ozishning yangi usuli o‘ylab topildi

AQSHda ozish uchun yangi qurilma – “AspireAssist”dan foydalanish rasman ma’qullandi. U tana vaznini tezkorlik bilan tashlash imkonini beradi. Butun jarayon esa o‘n daqiqadan ko‘p vaqt olmaydi.

Ushbu qurilmadan foydalanish uchun qorin bo‘shlig‘iga maxsus klapan o‘rnatish kerak. Operatsiyaning o‘zi 15 daqiqaga cho‘ziladi va umumiy narkozsiz amalga oshiriladi. Ozish uchun qurilma kateter quvurchasi yordamida oshqozonga ulanadi.

U 22 yoshdan kattaroq bo‘lgan va jarrohlik operatsiyasisiz oza olmaydigan ortiqcha vaznli kishilarga mo‘ljallangan.

To‘liq ovqatlanib olgach, qurilma foydalanuvchisi uni qorin bo‘shlig‘idagi klapanga ulashi kerak. O‘zini ortiqcha vazndan xalos etish uchun yegulikning ortiqchasini (taxminan uchdan bir qismini) hojatxonaga to‘kish kerak. Ovqat o‘rniga bo‘shliqqa suv kiritiladi.

Klinik sinovlar “AspireAssist” qurilmasidan foydalanuvchi kishilar bir yil ichida tana vaznining 12,1 foizini yo‘qotishini ko‘rsatdi. Nazorat guruhidagi boshqa bemorlar parhezlar yordamida ozdi, ular esa umumiy vaznning 3,6 foizinigina tashlashga muvaffaq bo‘ldi.

 

Manba: sof.uz

Yana o‘qing:  Fikrim yomonmi yoki xulqim?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: