Yomg‘irdan keyin…
Yomg‘irdan keyin osmonda paydo bo‘ladigan kamalak jahondagi jamiki ranglarni yettita ipga chiyratma qilib tortib turganga o‘xshaydi. O‘sha yetti ipni yoyib yuborsangiz olam anvoyi ranglarga to‘lib ketadigandek.
Odam bolasi borki, shu ranglardan birini o‘ziniki qilib oladi. Butun taqdirini, tarjimai holini, orzu-umidlarini va nihoyat, olamni shu rang orqali ko‘radi. Tabiati ham shu rang ta’siriga bog‘lanib qoladi.
Said AHMAD