Iqlim o‘zgarishi Yer yuzi uchun xavfli
Iqlim o‘zgarishiga asosiy sabab bo‘layotgan manbalar ham yo‘q emas. Ular, uylarimizni isitadigan, yoritadigan, mashina va texnika ishlaydigan asosiy energiya manbayi bo‘lgan yonilg‘i, neft, tabiiy gaz, ko‘mir hisoblanadi. Biz ulardan 90 foizdan ortiq energiyani olamiz. Bu – yiliga 10 mlrd. tonna shartli yoqilg‘i degani. Biroq, bu manba cheklangan. Ekspertlarning baholashiga ko‘ra, ko‘mir bir necha 100 yilga, neft zaxiralari taxminan 70 yilga, tabiiy gaz 50 yilga yetishi kerak. Kelgusi 5 yilda ishlatishga yaroqli neftning sezilarli qismini ishlatib qo‘yishimiz mumkin ekan. Elektr energiyasi, issiqlik va boshqa energiya turlarini olish uchun neft, gaz, ko‘mir yoqamiz. Qazilma yoqilg‘i ishlatilganda va boshqa ishlab chiqarish jarayonlari atmosferaga uglerod qo‘shoksidi (SO2) metan, azot chalaoksidi va boshqalar chiqariladi. Bu gazlar isigan yer yuzasidan infraqizil nurlarini fazoga chiqarmaslik xususiyatiga ega. Boshqacha qilib aytganda, ular yerni ko‘rinmas (ko‘rpaga) o‘rab issiqxona samarasini hosil qiladi va sayyoramiz haroratini saqlab turadi. Bu sayyoramizni hayot uchun yaroqli qiladi. Issiqxona gazlarisiz yer hozirgidan taxminan 300°C sovuqroq bo‘lar edi va undagi hayot amalda muzlab qolardi.
Ammo afsuski, inson faoliyati jarayonida atmosferaga juda ham ko‘p issiqxona gazlari chiqarilmoqda. Bir kunda jahonda 9 mlrd. litr neft yoqiladi va bu ko‘rsatkich ortib bormoqda. Bunda bir kunda atmosferaga issiqxona gazlarini qancha hajmda chiqarilishini tasavvur qilish mumkin.
Shunday qilib, insonning aybi bilan sayyoraning tabiiy ko‘rpasi ancha qalinlashdi. Ekolog va meteorolog olimlarning ta’kidlashlaricha, so‘nggi 15 yil insoniyat tarixida eng issiq yillar bo‘ldi. Haroratning ortishi tufayli iqlim o‘zgarishi jarayonlari boshlandi. Atmosfera girdobining tezligi va harakat yo‘nalishlari o‘zgarmoqda, ummonlarda oqimlar, fasllar almashmoqda. Haroratning ortishi emas, iqlimning tobora bashorat qilib bo‘lmayotganligi xavotirli. Biz har kuni toshqinlar, qurg‘oqchiliklar, tornado, sunami, yong‘inlar, yer silkinishlari va g‘ayritabiiy do‘l haqida eshitamiz.
XX asrning 60-yillari oxirida yerdagi qor va muz qoplami 15 foizga qisqardi. Tog‘ muzliklarining ham yerdagi chekinishi kuzatilmoqda. Arktikadagi muzlik qalinligi esa deyarli 40 foizga qisqardi.
Olimlar iqlim o‘zgarishi bilan yer yuzidan o‘simlik va hayvonot turlarining 15-40 foizgacha yo‘qolishi mumkinligini hisoblab chiqishgan. Jahonda iqlimning global o‘zgarishidan manfaatli bo‘lgan birorta ham mamlakat yo‘q. Sug‘urta kompaniyalarining baholashiga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy falokatlardan iqtisodiy yo‘qotishlar yiliga 90 mlrd. AQSH dollariga yetadi.
Iqlim o‘zgarishi – iqlim o‘rtacha holatining statistik o‘zgarishi ahamiyati yoki uzoq bir vaqt (odatda 10 yil va undan ortiq muddatlar) oralig‘ida o‘zgarishni anglatadi. Iqlim o‘zgarishi ichki tabiiy o‘zgarish jarayonlari, tashqi ta’sir oqibatida ham kelib chiqishi mumkin
Issiqxona gazlari tashlamalari bo‘yicha O‘zbekistan Respublikasi majburiyatlari quyidagicha:
iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish yo‘llari va yumshatish choralarini ishlab chiqish, issiqxona gazlari tashlamalarini qisqartirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish, kadrlarni tayyorlash, keng jamoatchilikni xabardor qilish;
iqlim o‘zgarishi sohasida loyihalar, shu jumladan sof taraqqiyot mexanizmi bo‘yicha loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish.
Shunday qilib, tabiiy ofatlarning ko‘pchiligi iqlim o‘zgarishiga bevosita sababchidir. O‘z navbatida, u ham har birimizning kun bo‘yi energetik resuruslarni o‘ylamay sarflashimiz natijasi. Kelajakda iqlim o‘zgarishlari yanada jiddiy oqibatlari bilan tahdid solishi hech gap emas. Bu jarayonni imkon qadar sekinlashtirish lozim, zero ona sayyora barchamizning uyimizdir.
S.QURBONNAZAROV