KELAJAKKA ZAMIN

Iste`dodli va iqtidorli o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, bilim darajasini chuqurlashtirish maqsadida fan olimpiadalari, intellektual o‘yinlar, bellashuvlar, ilmiy konferensiyalar o‘tkaziladi. So‘nggi 3 yil davomida kollej o‘quvchilaridan 10 nafari umumta`lim fan olimpiadalarida kimyo, matematika, iqtisodiy geografiya, ona tili va adabiyot, rus tili fanlari bo‘yicha tuman va shahar bosqichida faxrli o‘rinlarni egallashdi.

Mamlakatimizda 2012-yil 16-17-fevralda “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash–mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzuida xalqaro konferentsisiga tashrif buyurgan xorijiy mutasaxassislar bizning kollejda ham bo‘lishdi. O‘quvchilarga yaratilgan shart-sharotilar bilan tanishib, ularning amaliy muolajalarni bajarishlarini kuzatib yuqori baho berishdi.

Ana shu yutuqlarimiz bilan tanishtirishda tengdoshlarim qatori mening ham munosib hissam bor. Ustozlarimiz tuzgan olti talabadan iborat guruhimiz a`zolari ta`lim sohasidagi yutuqlarni ingliz tilida mehmonlarga tushuntirib berdik. Ularni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob qaytardik. Buning uchun izlandik, ustozlardan ko‘p narsa o‘rgandik. Konferensiya ishtirokchilari bizning ingliz tilida gapirishimizga ham yuqori baho berishdi. Bu bizni yanada ruhlantirdi.

Albatta bu yutuqimizda o‘quv muassasamizning munosib hissasi bor. Men kollejda bo‘lib o‘tgan matematiklar bellashuvida ikkinchi o‘rinni, informatika bo‘yicha bellashuvda birinchi o‘rinni, ingliz tili bo‘yicha birinchi o‘rinni olganman. Tanishtiruv guruhiga mazkur bellashuvlardagi yutuqlarim uchun munosib ko‘rishgan bo‘lsa ajabmas.

Shahrizod Shorahmatov

Яна ўқинг:  “Mehnatni manga yor etti, mehnatqa meni”

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: