Grant olish uchun tanlov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi Grant olish uchun tanlov e’lon qiladi

Tanlov mavzusi: “Obod turmush yili” Davlat dasturini amalga oshirishda hamda aholi farovonligini ta’minlashga, bandligini oshirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, aholi turli qatlamlariga manzilli ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatishga yo‘naltirilgan boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarni bajarishda NNT va davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining o‘zaro ijtimoiy sherikchiligini kuchaytirish.

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining nodavlat-notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa ins­titutlarining quyidagi yo‘nalishlardagi loyihalari ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi:

– ayollar va yoshlarni, yosh oilalarni, imkoniyati cheklangan fuqarolarni hamda aholining ko‘makka muhtoj boshqa qatlamlarini ijtimoiy jihatdan yanada qo‘llab-quvvatlash;

– ayollar va yoshlarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishini, reablitatsiyasini, bandligini ta’minlashni yanada kuchaytirish, mamlakatimiz hududlarida ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish;

– aholiga yangi ish o‘rinlari yaratish va ishga joylashishlariga yordam ko‘rsatish;

– hududlarimizda, ayniqsa, uzoq qishloq hududlarida, oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlik, kasanachilik va xalq hunarmandchiligini, tadbirkorlik faoliyatining boshqa shakllarini rivojlantirishga yanada ko‘maklashish;

– yoshlarni, eng avvalo, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga yanada kengroq jalb etish uchun sharoitlar yaratishga yordam berish;

– ayollar va yoshlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish, uzoq tumanlar va qishloq hududlarida ularning kasbiy ta’limi sifatini yaxshilash;

– jamiyatimizning ma’naviy asoslarini yanada rivojlantirishda oilaning roli va ahamiyatini oshirishga, jamiyatimizda azaliy milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni, odob-axloq tamoyillari va sog‘lom turmush tarzini yanada mustahkamlanishiga ko‘maklashish;

– aholining huquqiy ongini shakllantirish, jamiyatda inson huquqlari madaniyatini oshirish.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

1. Jamoat fondi nomiga grant loyihasi taqdim etilayotganligi haqidagi kuzatuv xati;

2. Jamoat fondining www.fundngo.uz saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan grant olish uchun loyiha va uning SD-diskdagi elektron varianti;

3. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;

4. Nizom nusxasi (tashkilot muhri bilan tasdiqlangan o‘zgarish va qo‘shimchalar bilan). Bundan tashqari, taqdim etilayotgan hujjatlarga manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiyanomasi va mazkur loyi­haning qo‘llab-quvvatlash xati ilova qilinishi mumkin.

Yana o‘qing:  Huquqingizni bilasizmi?

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 15 mln. so‘mgacha. NNTlarning o‘z mablag‘larini jalb etilishi va ijtimoiy sheriklik qo‘llab-quvvatlanadi.

Tanlovda davlat ro‘yxatidan o‘tgan nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirok etishlari mumkin.

Hujjatlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan boshlab 2013 yil 22 aprel soat 18-00 ga qadar qabul qilinadi.

Tanlov bo‘yicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A-4 format): 100035, Toshkent shahri Bunyodkor shoh ko‘chasi, 1-uyda joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi nomiga yuborilishi shart.

Tanlovda ishtirok etish shartlari va tanlov hujjatlarining namunalari bilan Jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun tel: 239-26-76, 239-26-64.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: