Olimlar aql-idrokning nasliy ekanligini aniqlashdi

AQSHning Florida shtati universiteti olimlari aql-idrokning tarbiyaviy yo‘l bilan rivojlanmasligini, balki nasldan-naslga o‘tishini aniqladi.

Tadqiqotda bir xil yoshdagi biri tug‘ishgan, boshqasi asrab olingan ikki farzandni tarbiyalayotgan oilalar ishtirok etdi. Ushbu bolalar hayotlarining muayyan bosqichlarida —avval maktabda, so‘ng 18 yoshda, undan so‘ng esa 26 yoshda lug‘at bilan bog‘liq testlarni topshirdi. Tadqiqot yakunlangach, olimlar bir oilada yashovchi aka-uka va opa-singillarning IQ darajasi bir-biridan umuman farq qilishini aniqladi.

Bundan ular aql-idrokning nasliy ekanligi, tarbiyalash yo‘li bilan rivojlantirilmasligini xulosa qildi. Biroq ular nasl qandaydir ma’lum IQ darajasini shakllantirmasligini, shunchaki unga ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.

 

Manba: sof.uz

Yana o‘qing:  Yurak xuruji xavfini hisoblovchi kalkulyator yaratildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: