Immunitetni oshiruvchi sabzi sharbati

Sabzi sharbati o‘zining shirin ta’mi bilan boshqa sabzavotli sharbatlardan ajralib turadi. U vitaminlarga boy bo‘lib, inson organizmini A darmondorisi bilan yetarli miqdorda ta’minlaydi. Sabzi sharbatining bir qancha kasalliklarni davolashda ahamiyati katta. Bulardan biri ateroskleroz, bo‘qoq, miokard infarkti, buyrakda tuz yig‘ilishi va dermatit, ekzema (temiratki) kabi teri kasalliklari va boshqa xastaliklarni davolashda koni foyda.

Shuningdek, bu sharbat ishtahani ochib, immunitetni mustahkamlaydi. Ko‘rish qobiliyatini oshiradi, jigar, buyrak, bo‘qoq va boshqa ichki kasalliklarda sabzi sharbati foydalidir. Sabzi sharbati “yoshlik eliksiri” deb ham nomlanadi. Haftada ikki marotaba sabzi sharbati iste’mol qilish, organizmni infeksiyalarga qarshi himoya kuchini oshiradi. Ishtahani yaxshilab, ko‘rish qobiliyatini maromiga keltiradi. Terini taranglashtirib, rangni tiniqlashtiradi.

Tarkibida bir qancha mikroelementlar, beta-karotin, V guruhga mansub vitaminlar, flavonoid, fermentlar, mineral tuz, kaliy, magniy, rux, yod, bariy mavjud. Shu bilan birga, sabzi tarkibidagi A darmondorisi organizmni kasalliklarga qarshi himoya kuchini oshiradi.

Sabzi sharbatini yosh bolalarga berish mumkinmi? Shu kabi savollar yosh onalarni qiziqtirishi tabiiy. Shifokorlarning ta’kidlashicha, go‘dak uchun sabzi sharbati nihoyatda foydali bo‘lib, bolaning suyak tizimi rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilar ekan. Sabzi tarkibidagi D vitamini bola suyaklarini rivojlanishida muhim o‘rin egallaydi.

Agar farzandingizga sabzi sharbatining ta’mi yoqmasa, unday holda sabzi bilan olma sharbatini aralashtirib bering. Shunda bunday sharbat farzandingizga yoqishi shubhasiz.

Nargiza Uglamova tayyorladi

Yana o‘qing:  TISHLAR HAQIDA BAHSLI FIKRLAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: