Mushtariy murojati

Xotinim bilan alohida yashayapmiz. Nikohimiz bekor bo‘lganidan so‘ng farzandimni ko‘rib turish, ota-onam bilan uchrashtirish xuquqiga egamanmi?

Nargiza MURODOVA,

Toshkent shahri

 

“Bola huquqlarining kafolatlari” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 13-moddasida bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota va onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi, deya belgilab qo‘yilgan.

 

18 yoshga to‘lmagan, ota-onasidan mahrum bo‘lgan o‘smir xuquqbuzarlik holatini sodir etsa, bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini kim himoyalaydi?

Sodiq NORMATOV,

Samarqand viloyati

 

O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari” to‘g‘risidagi Qonunining 11-moddasi,  “Bolaning himoyaga bo‘lgan huquqiy kafolatlari” to‘g‘risidagi bandida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi, ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror, sud tomonidan amalga oshiriladi.

 

Savollarga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman 2-son davlat notarial idorasi notariusi Kamola DJURABAYEVA javob berdi.

Yana o‘qing:  Oqchorloq chorlovlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: