Vitaminining yangi xususiyati aniqlandi
D vitamini (kalsiferol) suyaklar hosil bo‘lish jarayonida qatnashib, kalsiy va fosfor tuzlarini suyaklarda yig‘ilishini muvozanatda saqlaydi.
Magniy tuzlarining hazm bo‘lishida ham bu vitaminning ahamiyati katta.
Ayniqsa, o‘sayotgan organizmning suyak to‘qimalari rivojlanishi uchun ushbu vitamin juda zarur.
Organizmda D vitamini yetishmovchiligi oqibatida og‘ir bolalar xastaligi – raxit vujudga keladi. Bunda suyaklar deformatsiyasi, me’da – ichak tizimi faoliyati buzilishi, bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishda orqada qolish kuzatiladi.
D vitaminining provitamini ergosterin va 7-degidroxolesterin hisoblanib, quyosh nuri ta’sirida bolalar terisida vitamin Dga aylanadi.
London universiteti professorlarining ta’kidlashicha, D vitamini organizmda respirator infeksiyalarning tarqalishini oldini oladi. Ular bu qarorga kelishlari uchun yer sayyorasining turli joylarida istiqomat qiluvchi 11 ming nafar ko‘ngilli bilan tadqiqot o‘tkazishdi.
Avvalroq olimlar D vitamini saratonning bir necha turlari hamda yurak xastaligi bilan kurashishini aniqlashgan edi.