“AQLLI SOATLAR”

“Samsung” kompaniyasi smartfonlar bajaradigan funksiyalarni takrorlay oladigan qo‘l soatlari ustida ish olib bormoqda. Qurilma haqida “Sam­sung”ning mobil qurilmalar bo‘linmasi vitse-prezidenti Li Yon Xi (Lee Young Hee) Bloomberg axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi:

“Biz kelajak mahsulotlari ustida ish olib bormoqdamiz. Soatlar, ma’lum ma’noda, ushbu mahsulotlardan biri hisoblanadi”, – dedi Li Yon Xi xonim.

“Samsung”ning “aqlli soatlari” to‘g‘risidagi ilk xabarlar 2013 yilning fevralida paydo bo‘lgan edi. O‘shanda soatlar Android operatsion tizimida ishlashi va Galaxy Altius nomini olishi xabar qilingan edi.

Xuddi shu oyda norasmiy manbalar Apple kompaniyasi ham smartfon o‘rnini bosa oladigan qo‘l soatlari ustida ishlashni boshlaganini ma’lum qilishgan edi. Shartli nomi iWatch deb atalayotgan qurilma foydalanuvchiga qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, xaritalarni ko‘rish imkonini beradi, shuningdek, undan qadam o‘lchagich va puls o‘lchagich sifatida ham foydalansa bo‘ladi.

Internet materiallari asosida tayyorlandi.

Yana o‘qing:  FOZIL MUSAYEV YOZDA “ATLETIKO” FUTBOLCHISIGA AYLANISHI UMKIN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: