BAHOR KELDI

Subhidamning sabosidan entikar dil,

Dil izhorin aylar tongda erka bulbul,

Adirlarning quchog‘ini to‘ldirar gul,

Yurtimizga sog‘intirib bahor keldi,

Dillarga xush yoqar iliq nahor keldi!

Oppoq harir libos kiydi o‘rik, bodom,

Ketmonini yelkaladi bog‘bon bobom,

Borliqni xush yalpiz hidi tutdi bu dam,

Yurtimizga sog‘intirib bahor keldi,

Dillarga xush yoqar iliq nahor keldi!

Mudroq zamin ko‘zlaridan uyqu qochdi,

Soy ko‘zgusi — majnuntollar chiroy ochdi,

Bodrab chiqqan gul-chechaklar ifor sochdi,

Yurtimizga sog‘intirib bahor keldi,

Dillarga xush yoqar iliq nahor keldi!

Ko‘klamoyim, ko‘rkam qilgan koshonangdan,

O‘rgilayin binafshangdan, nishonangdan,

Qaldirg‘ochim, kel bir o‘pay peshonangdan,

Yurtimizga sog‘intirib bahor keldi,

Dillarga xush yoqar iliq nahor keldi!

Feruza JALILOVA

Yana o‘qing:  XALQ O‘YINLARI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: