BUXORODA YOSHLAR FESTIVALI

Buxoro shahrida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat bo‘limi tomonidan “Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar” festivali o‘tkazildi.

“Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash, yoshlar qalbida milliy an’analarimiz, qadriyat va urf-odatlarimizga hurmat, Vatanga muhabbat kabi oliyjanob to‘yg‘ularni shakllantirish orqali “ommaviy madaniyat” tahdididan asrash maqsadida tashkil etilgan festivalda viloyatning barcha oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlaridan sakkiz mingdan ziyod o‘quvchi va talaba yoshlar qatnashdi.

Festival doirasida bo‘lib o‘tgan milliy o‘yinlar sport musobaqasi, rasmlar tanlovi hamda varraklar saylida yoshlar o‘z iqtidori va mahoratini namoyon etdi. Shuningdek, milliy taomlar ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Navro‘z shodiyonasiga bag‘ishlangan bu kabi ma’naviy-madaniy tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.

O‘zA

Yana o‘qing:  Tovonlar uchun uqalagich

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: