Qarishga qarshi dori sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi

Niderlandiyalik olimlar qarishga qarshi preparatni sichqonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishdi.

Cell jurnalida e’lon qilingan maqolada aytilishicha, qari sichqonlarda preparat qo‘llangandan keyin ular kuchga to‘lgan, yugurib o‘tirishi mumkin bo‘lgan masofa ikki baravar ortgan. Bundan tashqari, ba’zi ichki organlar, jumladan, jigar faoliyati yaxshilangani kuzatildi.

Preparat organizmdagi qartaygan hujayralarni yo‘q qilishga qodir. Bunday hujayralar bo‘lina olmaydi va yosh o‘tgan sayin organizmda yig‘ilib borib, yaralarning tuzalishini va o‘samalarga qarshi kurash jarayonini sekinlashtiradi. Shuningdek, bunday hujayralar organizmning qarishiga olib keladi.

Tadqiqotda preparatning salbiy ta’siri kuzatilmadi.

Endi olimlar dorini odamlarda sinab ko‘rishmoqchi.

 

Manba: hilol.uz

Yana o‘qing:  Chaqaloqlarda yo‘rgak dermatiti

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: