ShODIYONA BUGUN

Bahor yasharish va yangilanish fasli. Aynan shu faslda butun tabiat, uyg‘onadi, yangidan yashnaydi. Bu fasl boshqalaridan o‘zining fusunkor bayramlari bilan ham alohida ajralib turadi.

Kun va tun tenglashadigan sana, Sharqona yangi yil maqomi bilan ham ulug‘lanib kelinadigan Navro‘z aynan ana shunday bayramdir.

Bu faqatgina insonlarning emas balki butun tabiatning bayramidir. Zero, shu kundan boshlab tabiat ham uzluksiz harakatga kirishadi. Uzoq qishdan so‘ng ko‘kda quyosh o‘zining zarrin nurlarini beminnat yog‘dira boshlaydi.

Bir necha ming yillik tarixga ega ushbu bayramda inson va tabiat o‘rtasidagi mushtaraklik, dehqonchilik mavsumining boshlanishi o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun ham bu bayram boqiy qadriyat, milliy marosim sifatida asrlar osha yashab kelmoqda. Zero, Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida qayd etilganidek, “Navro‘z bayrami biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, ko‘p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasidir.”

Darhaqiqat, Navro‘z bayrami qadimiy an’ana va urf odatlarimiz, mehr-oqibat va saxovat kabi yuksak insoniy fazilatlarni o‘zida namoyon etadi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng Prezidentimiz tomonidan milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlarimizni tiklashga qaratilgan yuksak e’tibor sababli Navro‘z yurtimizda umumxalq bayrami deb e’lon qilindi va har yili an’anaviy tarzda nishonlanib kelinmoqda.

Milliy qadriyatimizga aylangan Navro‘z bayramida ko‘plab urf odatlarimiz, qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan turli xil sayllar, xalq o‘yinlari o‘tkaziladi. Ushbu marosimlar o‘z-o‘zidan insonlarni bir-biriga mehr-oqibatli bo‘lishga, bir biriini e’zozlashga undaydi.

Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni ham ma’nan, ham jismonan barkamol qilib tarbiya­lashda, shubhasiz Navro‘z bayramining ham o‘rni bor. Zero, Navro‘z bilan bog‘liq “Sumalak sayli”, “Gul sayli”, “Lola sayli”, kurash, ko‘pkari kabi ko‘plab milliy o‘yinlar, folklor asarlar yoshlarni milliy hamda umumbashariy g‘oyalar ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Orastalik va ozodalik azaldan xalqimizga xos fazilatlardan biri bo‘lib kelgan. Shu sababdan har yili Navro‘z bayrami arafasida mamlakatimizda umumxalq xashari tashkil etilib, shu kuni mahallalar, ko‘chalar, aholi turar-joylari obodonlashtiriladi, ariq-zovurlar tozalanadi, ziyoratgoh, qabriston hamda tabarruk qadamjolar tartibga keltiriladi.

Ajdodlarimiz azaldan boquvchisini yo‘qotgan, beva-bechora, xasta va muhtoj kishilarga mehr-muruvvat, saxovat ko‘rsatishni o‘zining sharafli burchi, deb bilgan. Bunday fayz­li va ko‘tarinki kunlarda savobli ishlar jonlanib, mehr oqibat, ishonch rishtalari yanada mustahkamlanadi.

Yana o‘qing:  Tarbiyada hafsala – eng asosiy masala

Ha, bugun yurtimizda, uning uzoq-yaqin shahar va qishloqlarida, barcha go‘shalarda Navro‘z sayli, shodiyonalar davom etmoqda.

Ozod va obod yurtimizga xush kelding, uyg‘onish, yasharish, yangilanish va mehr-oqibat ayyomi!

Farhod TOLIPOV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: