Onaning homiladorlik vaqtida vazn yig‘ishi tug‘ilajak chaqaloqqa qanday ta’sir ko‘rsatadi?

 Birinchi homiladorlikda tana og‘irligining haddan ziyon oshib ketishi  turli asoratlarga, shuningdek, ikkinchi homiladorlik chog‘ida salbiy ta’sirlarga olib kelishi mumkin. Shved olimlari shunday xulosaga kelishdi.

Olimlar 1992-2012 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 533 mingga yaqin bolalarning tibbiy ko‘rsatkich ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Axborotlar Shvetsiyaning tug‘ilish bo‘yicha ro‘yxatnomasidan olingan. Homiladorlik jarayonida  ko‘proq vazn yiqqan onalarning chaqaloqlarida Apgar ko‘lami (salomatlikning umumiy holatini tez baholash tizimi) bo‘yicha past ko‘rsatkich qayd etilgan. Shuningdek, ichak aspiratsiya (tug‘ruq vaqtida nafas yo‘llariga axlatning kirib ketishi) alomatlari tashxisi qo‘yilgan.

Tadqiqotchilar qayd etishicha, homiladorlik vaqtida tana vazni me’yorlarini nazorat qilib yurish tug‘ilajak farzandning salomatligiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.

 

Manba: sof.uz

Yana o‘qing:  Saratonga qarshi lavlagili sharbat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: