HAYAJONLI LAHZALAR

Kuni kecha O‘zbek Milliy akademik drama teatrida badiiy o‘qish, sahna suxandonligi va konferensyelik san’ati ijrochilarining respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktyabrdagi “2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir ko‘plab iqtidor egalarini kashf etdi. Xalq ijodiyoti va havaskorlik san’atini rivojlantirish, sahna nutqi madaniyatini shakllantirish, yurtimizda yoshlarni badiiy o‘qish, sahna suxandonligi va konferensyelik san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ushbu janrlarda ijodiy faoliyat olib borayotgan ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ularning ijodini keng targ‘ib etish bosh mavzui bo‘lgan ushbu ko‘rik-tanlov g‘oyat ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi, “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi, xalqaro “Oltin meros” xayriya jamg‘armasi hamda Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tanlovning ilk bosqichida g‘olib bo‘lgan 70 nafardan ortiq ijrochilar o‘zaro bellashdilar.

Qatnashchilarning chiqishlarini O‘zbekiston xalq artistlari Yoqub Ahmedov, Afzal Rafiqov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Nasiba Ibrohimova, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Dildora Rustamova, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bo‘lim mudiri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Gulchehra Umarovadan iborat hakamlar hay’ati a’zolari ijro dasturlari, tanlagan mavzularining yoritilishi, ijro etilayotgan asarga mos tanlangan sahna liboslari, sahna madaniyati hamda ijro mahoratlariga qarab 10 balli mezonda baholab bordilar.

Badiiy o‘qish yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘ringa navoiylik Ma’rufjon Rajabov, ikkinchi o‘ringa samarqandlik Hulkar Ilhomjonova, uchinchi o‘ringa esa andijonlik Oyjamol Rahmonova sazovor bo‘ldi.

Sahna suxandonligi yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rin Namangan viloyatidan Shahnoza Rustamovaga, ikkinchi o‘rin Navoiy viloyatidan Mashhura Rahimovaga, uchinchi o‘rin – Jizzax viloyatidan Behzod Jo‘rayevga nasib etdi. Konferensye yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidan Amir Eshnazarovga, ikkinchi o‘rin Sirdaryo viloyatidan Murod Jumanovga, uchinchi o‘rin – Buxoro viloyatidan Salohiddin Fayziyevga berildi.

Shuningdek, “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasining maxsus diplomi va sovg‘asini Toshkent shahridan Komiljon Safarov qo‘lga kiritdi.

Yana o‘qing:  O‘zbekistonda ilk masofaviy ta’lim oliygohi paydo bo‘ladi

Ko‘rik-tanlov yakunida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. “Katta sahnadagi ilk debyut” nominatsiyasi bo‘yicha Toshkent viloyatidan Ibodulla Ismiyaminov, “Aktyorlik mahorati uchun” nominatsiyasi bo‘yicha Toshkent shahridan Ravshan Jo‘rayev va “Serqirra ijodkor” nominatsiyasi bo‘yicha Surxondaryo viloyatidan Oydin Jo‘raboyevalar g‘olib deb topildi.

Ushbu ko‘rik-tanlov nafaqat ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash balki yangi-yangi nomlarni kashf etilishida muhim pillapoya bo‘ldi desak aslo mubolag‘a emas.

Muhayyo QUDRATOVA,

Jamila HAYDAROVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: