O‘zbekiston 2022 yilga kelib turistik xizmatlar eksportini 2,722 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston Respublikasi 2022 yilga kelib turistik xizmatlar eksportini 2,722 mlrd. dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda UzDaily. Bu 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida nazarda tutilgan.

Konsepsiya loyihasiga ko‘ra, 2016 yildagi turizm xizmatlari eksporti hajmi 1,336 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Hujjatda aytilishicha, O‘zbekiston 2021 yil yakunlariga ko‘ra turistik xizmatlar eksporti hajmini 2,722 mlrd. dollarga yetkazmoqchi.

Konsepsiya loyihasiga ko‘ra, 2016 yilda O‘zbekistonga 1,979 mln. xorijiy sayyohlar tashrif buyurishgan. 2021 yilga kelib mazkur raqam 2,525 mln. nafar xorijliklarni tashkil etadi.

Hujjatda aytilishicha, 2016 yilda mehmonxonalar soni 622 dona edi va mazkur raqam 2021 yilda 1036 tani tashkil etadi. Turoperatorlar soni ham 418 tadan 565 tagacha ko‘payadi.

Yana o‘qing:  OTA-ONALARGA YANGI QO‘LLANMALAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: