2017 yilda poytaxt ko‘chalarini joriy va kapital ta’mirlashga 70 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi

7 mart kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika Yo‘l jamg‘armasi boshqaruv kengashi tomonidan “2017 yilda Toshkent shahri tumanlarining yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishning manzilli dasturi” tasdiqlandi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur dasturga muvofiq, poytaxt ko‘chalarini joriy va kapital ta’mirlash ishlari ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich uchun 20,6 mlrd. so‘m, ikkinchi bosqich uchun esa 50 mlrd. so‘m ajratilgan.

Jumladan, Yunusobod tumanidagi “Yuqori Qoraqamish”, “Moyqo‘rg‘on” va “Baraka” ko‘chalari (jami uzunligi 7,1 km.) joriy, Sergeli tumanidagi “Obihayot”, “Nilufar”, “Rayhon”, “Daryo bo‘yi”, “Kanora” ko‘chalari (9,5 km.) kapital ta’mirlanadi.

O‘zbekiston Prezidenti 14 fevralda “2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini imzoladi, unga ko‘ra poytaxtdagi 332 km. yo‘l va ko‘chalar ta’mirlanadi.

 

N.Norboboyev

Yana o‘qing:  “Janubiy Poytaxt Kubogi” xalqaro turnirida taekvondochilarimiz 14 medalga sazovor bo‘ldi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: